SHARTNOMA
(Reklama xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida)
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy (tuman, shahar) |
Mazkur shartnoma boʻyicha Bajaruvchi tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Bajaruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Bajaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si bir tomondan (keyingi oʻrinlarda “Bajaruvchi” deb yuritiladi), Buyurtmachi tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.siorqali ikkinchi tomondan (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar.
I.SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Bajaruvchi” reklama xizmati koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda “Xizmat” deb yuritiladi), Buyurtmachi esa, xizmatlar haqini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
II. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. “Buyurtmachi”ning huquqlari:
2.1.1. “Bajaruvchi”dan reklamani tarqatish boʻyicha majburiyatlarini bajarishni talab qilish;
2.1.2. Reklama qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar boʻyicha bajaruvchidan maʼlumot berishini talab qilish;
2.1.3. “Bajaruvchi” oʻz majburiyatlarini bajarishga oʻz vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarsa ishlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni talab qilish;
Buyurtmachining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
2.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:
2.2.1. “Bajaruvchi”ning talabiga binoan reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
2.2.2. Agar buyurtmachining faoliyati litsenziyalanishi yoki mahsuloti sertifikatlashtirilishi zarur boʻlsa, mahsulotni yoki Reklama beruvchining oʻzini reklama qilayotganda tegishli litsenziya yoki sertifikatni taqdim etish;
2.2.3. Eʼlon qilinishi lozim boʻlgan reklama (matn, rasm, koʻrinish va hokaza) shaklini tasdiqlagan holda bajaruvchiga topshirish;
2.2.4. Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda xizmatlar haqini toʻlash;
2.2.5. Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Buyurtmachining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
2.3. Bajaruvchining huquqlari:
2.3.1. Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Buyurtmachidan tegishli litsenziya, sertifikat hamda reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
2.3.2. “Buyurtmachi”dan eʼlon qilinishi lozim boʻlgan reklama shaklini topshirishni talab qilish;
2.3.3. Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda xizmatlar haqi toʻlanishini talab qilish;
Bajaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
2.4. “Bajaruvchi”ning majburiyatlari:
2.4.1. Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan reklama faoliyati va reklama faoliyatining professional ishtirokchisi kasb etikasiga soʻzsiz rioya qilish;
2.4.2. “Buyurtmachi” qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan axborot bergan taqdirda, uni bu haqida oʻz vaqtida xabardor qilish;
2.4.3. Xizmat sifati talablariga rioya qilish, ishni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.
Bajaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
III. SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI
3.1. Taraflarning kelishuviga koʻra shartnoma bahosi Shartnoma bahosi soʻm etib belgilandi. Reklama xizmatlari Reklama xizmati ko‘rsatiladigan joy da Reklama xizmati ko‘rsatiladigan shakl (ko‘rinish) koʻrinishida taqdim etiladi. Koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan taraflar oʻrtasida dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻladi.
3.2. “Buyurtmachi” koʻrsatiladigan reklama xizmatlari uchun shartnoma summasining Birinchi to‘lov miqdori (foizda) foizi miqdorida oldindan toʻlovni shartnoma imzolanganidan soʻngBirinchi to‘lovni amalga oshirish shartnoma imzolanganidan so‘ng necha kun ichida amalga oshirilishi lozim kun ichida amalga oshiradi. Shartnoma summasining qolgan Yakuniy to‘lov miqdori (foizda) qismi reklama xizmati koʻrsatilgandan soʻng Yakuniy to‘lov reklama xizmati ko‘rsatilganidan so‘ng necha kun ichida amalga oshiriladi kunda amalga oshiriladi.
IV. XIZMAT KOʻRSATISH MUDDATLARI
4.1. “Bajaruvchi” uning hisob raqamiga dastlabki toʻlov kelib tushgan hamda eʼlon qilinishi lozim boʻlgan reklama shakli taqdim etilgan kundan boshlab Reklama xizmatini ko‘rsatish boshlanadigan kun ish kunida xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Xizmat koʻrsatish Reklama xizmatini ko‘rsatish yakunlanadigan kun kuniga qadar yakunlanadi.
4.2. Koʻrsatilgan reklama xizmatini hisobga olish (hisobini yuritish) taraflar tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan belgilanadi.
V. SHARTNOMANING BAJARILISHI
5.1. Taraflar oʻz majburiyatlarini mazkur shartnoma, reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq bajarishlari lozim.
Agar taraflar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
5.2. Xizmatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
5.3. Buyurtmachining roziligi bilan xizmatlar muddatidan oldin koʻrsatilishi mumkin.
VI. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. Mazkur shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor taraf Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida” gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi Qonuniga muvofiq javobgar boʻladi.
6.2. Bajaruvchi reklama axborotining haqqoniyligi va ishonchliligi, reklama qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) sifati, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan dastlabki reklama materialining dizayni va undagi kamchiliklar uchun javob bermaydi.
VII. SHARTNOMANING AMAL QILISHI, UNI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
7.1. Shartnoma taraflar imzolanganidan boshlab kuchga kiradi va taraflar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. Toʻlovning dastlabki qismini toʻlash Buyurtmachi to‘lovning dastlabki qismini to‘lashni necha kunga kechiktirganda bajaruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi ish kuniga kechiktirilganda bajaruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
VIII. NIZOLARNI XAL QILISH TARTIBI
8.1. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha taraflar oʻrtasida yuzaga kelgan nizolar oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qilinadi.
8.2. Nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan hal qilinmagan holda nizo “Bajaruvchi” joylashgan hududdagi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
IX. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
9.1. Shartnomada koʻzda tutilmagan barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
9.2. Shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan yozma shaklda kiritiladi.
9.3. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, imzolangan paytdan boshlab yuridik kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan kunga qadar amal qiladi.
9.4. Taraflar zarurat boʻlganda shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
VIII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
Bajaruvchi: |
|
Buyurtmachi: |
Bajaruvchi tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli |
|
Buyurtmachi tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli |
Manzil: Bajaruvchi tashkilotning manzili |
|
Manzil: Buyurtmachi tashkilotning manzili |
H.R: Bajaruvchi tashkilotning hisob raqami |
|
H.R: Buyurtmachi tashkilotning hisob raqami |
STIR: Bajaruvchi tashkilotning STIR raqami |
|
STIR: Buyurtmachi tashkilotning STIR raqami |
MFO: Bajaruvchi tashkilotning MFO raqami |
|
MFO: Buyurtmachi tashkilotning MFO raqami |
OKED: Bajaruvchi tashkilotning OKED raqami |
|
|
Telefon: Bajaruvchi tashkilotning telefon raqami |
|
OKED: Buyurtmachi tashkilotning OKED raqami |
Bajaruvchi tashkilot rahbarining lavozimi _____ Bajaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si
(Imzo) Muhr
|
|
Telefon: Buyurtmachi tashkilotning telefon raqami Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi_____ Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.si (Imzo) Muhr
|
Reklama — har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama ob’ektiga e’tiborni jalb qilish, unga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish yoki qo‘llab-quvvatlash, shuningdek uni bozorda bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida ilgari surish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot.
Haq evasiga xizmat ko‘rsatish orqali reklama xizmatini ko‘rsatish shartnomasini tuzish mumkin. Reklama ob’ektiiga e’tiborni jalb etish uchun reklama o‘ziga nisbatan yo‘naltirilgan tovar, shu jumladan tadbirlar, texnologiyalar, individuallashtirish vositalari, intellektual faoliyat natijalari, shuningdek jismoniy yoki yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborotlar kiradi.
Mazkur shartnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, shartnomani mustaqil to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.