O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Turistik xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Sayyohlik xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Turistik isteʼmolchi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan: Korxonaning Ustavi, Nizomi yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • ekskursiya, turistik sayohat, tur, turizmning maxsus turlari, turistik xizmatlar majmui va h.
  • raqam va so‘z bilan yoziladi
  • Masalan: pul ko‘chirish, naqd pul, elektron to‘lov orqali bo‘lishi mumkin
  • mazkur bandga hududiy tegishliligi bo‘yicha iqtisodiy yoki fuqarolik sudi nomi yoki taraflarning kelishuviga asosan tanlangan hakamlik sudining nomi yoziladi

Yuklab oling

TURISTIK XIZMAT KOʻRSATISH SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) nomidan Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning masʼul shaxsi lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Turistik isteʼmolchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) nomidan Turistik isteʼmolchi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Turistik isteʼmolchi tashkilot maʼsul shaxsining lavozimi va F.I.O.siikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:

1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Shartnomaga koʻra, Buyurtmachi topshiriq beradi, Ijrochi esa Ko‘rsatiladigan sayyohlik xizmatlari nomi sayyohlik xizmatlarini koʻrsatish majburiyatini oladi.

1.2. Koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan Turistik xizmatlarning sifati uchun qo‘yiladigan talablar kabi tashkiliy va boshqa talablar qoʻyiladi.

1.3. Shartnoma boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish Turistik xizmatlarni ko‘rsatishning boshlanish muddati kuni boshlanib, Turistik xizmatlarni ko‘rsatishning tugash muddati kuni tugaydi.

2. XIZMATLAR QIYMATI VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

2.1. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun Buyurtmachi shartnomaviy baho toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq Turistik xizmatlar uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori soʻm toʻlaydi.

2.2. Shartnoma yuzasidan toʻlovlarni amalga oshirish Turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli usulida amalga oshiriladi.

2.3. Buyurtmachining aybi bilan xizmatni koʻrsatish mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, xizmatlar bahosi toʻliq holda toʻlanishi kerak.

3. XIZMATLARNI KOʻRSATISH TARTIBI

3.1. Ijrochi ushbu shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan oʻzi koʻrsatishi shart.

3.2. Xizmatlar koʻrsatilgandan soʻng Ijrochi Buyurtmachiga koʻrsatilgan xizmatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini taqdim etadi va unga hisobot hujjatlarini ilova qiladi.

3.3. Xizmat natijalaridan qoniqmagan Buyurtmachi dalolatnomani olgan paytdan boshlab Xizmat natijalaridan qoniqmagan Turistik isteʼmolchi bu haqida radnoma berish muddati kun ichida Ijrochiga ishlarni qabul qilishdan bosh tortish toʻgʻrisida asoslantirilgan yozma radnoma yuborishi shart.

3.4. Buyurtmachining radnomasi asosli deb topilgan taqdirda, taraflar ikki tomonlama dalolatnoma tuzadilar va unda koʻrsatilmagan yoki lozim darajada koʻrsatilmagan xizmatlar roʻyxati va ularni bajarish yoki bajarishni toʻxtatish muddatlarini koʻrsatadilar.

3.5. Xizmatlarni koʻrsatish jarayonida ularni davom ettirish imkoniyati yoʻqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Buyurtmachi bu haqda Ijrochini xabardor qilishi va u bilan birgalikda zaruriy choralarni koʻrishi shart.

4. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:

-turning muddati va yoʻnalishini, xizmat koʻrsatish darajasini, transport xizmati koʻrsatish turini, Buyurtmachi xodimlarining xavfsizligini taʼminlash va ularning mol-mulkini qoʻriqlash usulini Buyurtmachining roziligi bilan oʻzgartirish;

-turning shartnomada kelishilgan qiymatini tur boshlanishidan kamida 20 kun oldin Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda uning yozma roziligi bilan oshirish;

-Buyurtmachi tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish.

Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

4.2. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

-Buyurtmachiga ushbu shartnomada shartlashilgan va sertifikatlashtirilgan xizmatlarni koʻrsatish;

-turistik xizmatlar koʻrsatilmagan yoki toʻla hajmda yoxud lozim darajada sifatli koʻrsatilmagan taqdirda Buyurtmachiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;

-Buyurtmachiga turni tashkil qilish tartibi va shartlari, uning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot berish;

-Buyurtmachiga uning turistik xizmatlarga boʻlgan huquqini belgilovchi va bu xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida turistik yoʻllanma (vaucher)ni taqdim etish;

-Buyurtmachini joylashtirish, ovqatlantirish, transport, axborot-reklama xizmatlari koʻrsatish va uning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatish;

-Buyurtmachini sugʻurta qilish.

Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

4.3. Buyurtmachining huquqlari:

-mazkur shartnomada nazarda tutilgan turistik xizmatlar majmuidan toʻliq foydalanish;

-sayohatga taaluqli toʻliq va ishonchli axborot olish;

-oʻz xavfsizligi, huquqlarining himoya qilinishi, mol-mulkining asralishi va shoshilinch tibbiy yordam olishining kafolatlanishini talab qilish;

-ushbu shartnoma bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararning qoplanishini talab qilish;

-turning umumiy qiymati oshishi uning shartnomada belgilangan qiymatidan ortib ketsa, shuningdek fors-major holatlari roʻy bergan taqdirda Ijrochiga zararning oʻrnini qoplamasdan shartnomani bekor qilish.

Turistik isteʼmolchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

4.4. Buyurtmachining majburiyatlari:

-ushbu shartnoma shartlariga, bojxona va chegara nazorati qoidalariga rioya qilish;

-borilgan mamlakatning qonun hujjatlari talablariga rioya etish.

Turistik isteʼmolchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH

5.1. Ijrochi ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, u keltirgan zararni Buyurtmachiga toʻligʻicha toʻlashi shart, lekin bu toʻlov ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq boʻlishi mumkin emas.

5.2. Shartnomaviy majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

5.3. Mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yuzasidan murojaat qilinadigan sud nomi sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

7. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH YOKI BEKOR QILISH TARTIBI

7.1. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

7.2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga muvofiq yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yetkazilgan zarar qoplangan holda yoʻl qoʻyiladi.

7.3. Ijrochi ushbu shartnoma bekor qilinishi tufayli Buyurtmachiga yetkazilgan zararni toʻliq toʻlash sharti bilan ushbu shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma Buyurtmchining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.

7.4. Shartnomani bekor qilish haqida qarorga kelgan taraf bu haqida ikkinchi tarafga Shartnomani o‘z tashabbusi bilan bekor qilish fikriga kelgan taraf bu haqida ikkinchi tarafni xabardor qilishi lozim bo‘lgan muddat kun oldin yozma bildirishnoma yuborishi shart.

8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA NUSXALARI

8.1. Shartnomaning amal qilishi Shartnomaning amal qilish muddatining boshlanish vaqti kuni boshlanib, Shartnomaning amal qilish muddatining tugash vaqti kuni tugaydi.

8.2. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, taraflarga bir nusxadan beriladi.

8.3. Ushbu shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa, taraflarga bajarish uchun majburiy boʻlgan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

TURISTIK XIZMATLARNI KOʻRSATUVCHI:

XIZMATLARDAN FOYDALANUVCHI:

Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli Manzil: Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot manzili

Turistik isteʼmolchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Turistik isteʼmolchining manzili

Bank Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

Bank Turistik isteʼmolchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning hisob raqami

H/R: Turistik isteʼmolchi hisob raqami

STIR: Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning STIR raqami

STIR: Turistik isteʼmolchining STIR raqami

Telefon: Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot telefon raqami

Telefon: Turistik isteʼmolchi tashkilotning telefon raqami

Sayyohlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotning masʼul shaxsi lavozimi va F.I.O.si

____________

Turistik isteʼmolchi tashkilot maʼsul shaxsining lavozimi va F.I.O.si

_____________

(Imzo)

(Imzo)

Turistik xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Qonunchilikka ko‘ra, turizm — jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) hisoblanadi.

Turistik xizmatlar esa joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan xizmatlar.

Qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etish borasidagi faoliyat esa turistik faoliyat hisoblanadi.

Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar turistik faoliyat subyektlari bo‘ladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.