REKLAMANI TARQATISH TOʻGʻRISIDA SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Reklama tarqatuvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Reklama tarqatuvchi” deb yuritiladi) nomidan Reklama tarqatuvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Reklama tarqatuvchining rahbari lavozimi va F.I.Osi bir tomondan va Reklama beruvchining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Reklama beruvchi” deb yuritiladi) nomidan Reklama beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Reklama beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
Mazkur shartnoma boʻyicha Reklama tarqatuvchi Reklama beruvchiga reklama axborotini tarqatish yoki joylashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda “Xizmatlar” deb yuritiladi), Reklama beruvchi esa, ushbu xizmatlarni qabul qilib olish va uning haqini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Reklama axborotini tarqatish
Joyi: Reklama axborotini tarqatish joyi,
Vaqti: Reklama axborotini tarqatish vaqti
Usuli (vositasi): Reklama axborotini tarqatish usuli (vositasi)
Narxi: Reklama axborotini tarqatish bahosi
Xizmatlar koʻrsatishdan oldin Reklama tarqatuvchi Reklama beruvchiga reklama dasturini taqdim etishi, Reklama beruvchi esa, mazkur dastur bilan tanishib chiqqan holda uni tasdiqlashi lozim.
Reklama tarqatuvchi oʻz majburiyatlarini reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, Reklama beruvchi topshirigʻining mazmuni, uning badiiy va estetik (xizmat sifati) talablariga muvofiq aniq, oʻz vaqtida va toʻlik (lozim darajada) bajarishi shart.
TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Reklama beruvchining huquqlari:
Reklama tarqatuvchidan reklama axborotini tarqatish yoki joylashtirish boʻyicha majburiyatlarini bajarishni talab qilish;
Reklama qonunchiligining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar boʻyicha Reklama tarqatuvchidan maʼlumot berishini talab kilish;
Xizmatlarning belgilangan bahosini batamom toʻlash sharti bilan shartnomani bekor qilishni talab qilish.
Reklama beruvchining majburiyatlari:
Joylashtirish yoki tarqatish uchun moʻljallangan reklama axborotini Reklama tarqatuvchiga taqdim etish;
Reklama tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
Agar Reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi yoki mahsuloti sertifikatlashtirilishi zarur boʻlsa, mahsulotni yoki Reklama beruvchining oʻzini reklama qilayotganda tegishli litsenziya yoki sertifikatni taqdim etish;
Reklama axborotini tarqatish yoki joylashtirish boʻyicha Reklama tarqatuvchiga topshiriq berish;
Reklama dasturini tasdiqlash va Reklama tarqatuvchiga taqdim etish;
Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda xizmatlar haqini toʻlash;
2.2.7.Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
Reklama tarqatuvchining huquqlari:
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda Reklama beruvchidan tegishli litsenziya, sertifikat hamda reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
Reklama beruvchidan reklama axborotini tarqatish yoki joylashtirish boʻyicha topshiriqni talab qilish;
Reklama dasturini tasdiqlashni talab qilish;
Reklama xizmati uchun Reklama beruvchidan oldindan avans toʻlovini toʻlashni talab qilish;
Shartnoma bekor qilinishi tufayli Reklama beruvchiga yetkazilgan zararning hammasini toʻlash sharti bilan shartnomani bekor qilishni talab qilish.
Reklama tarqatuvchining majburiyatlari:
Oʻzbekiston Respublikasining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalari hamda reklama faoliyatining professional ishtirokchisi kasb etikasiga soʻzsiz rioya qilish;
Reklama beruvchining topshirigʻi bilan reklama vositalari orqali reklamani tarqatish xizmatini amalga oshirish;
Axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmaslik;
Reklama beruvchi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan axborot bergan taqdirda, uni bu haqda oʻz vaqtida xabardor qilish;
Xizmat sifati talablariga rioya qilish, ishni sifatli bajarish;
Reklama materiallarining oxirgi marta reklama eʼlon qilingan kundan boshlab rejali tekshirish oʻtkazilguniga qadar saqlanishini taʼminlash;
Tashqi reklamani joylashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organining ruxsatini olish.
SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI
Mazkur shartnomaga koʻra xizmatlar bahosi Shartnomaga koʻra xizmatlar bahosining umumiy narxisoʻmni tashkil etadi.
Ushbu shartnoma tarkibidagi xizmat turlarining narxi mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovada koʻrsatiladi.
Reklama beruvchi koʻrsatiladigan reklama xizmatlari uchun shartnoma summasining Shartnoma umumiy bahosining oldindan toʻlanadigan qismi foizda foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Reklama beruvchi reklama dasturi tasdigʻini Reklama tarqatuvchiga topshirganidan keyin shartnoma summasini uzil-kesil toʻlashi lozim.
XIZMAT KOʻRSATISH MUDDATLARI
Reklama tarqatuvchi uning hisob raqamiga dastlabki toʻlov kelib tushgan kundan boshlab Reklama beruvchining topshirigʻini bajarishga kirishib, topshiriq yuzasidan reklama dasturini Reklama beruvchining tasdigʻiga havola qiladi.
Reklama beruvchi reklama dasturini unga taqdim etilgan kundan boshlab koʻrib chiqib, oʻz imzosi va muhri orqali tasdiqlagan holda reklama tarqatuvga qaytaradi.
Xizmat koʻrsatish muddati boshlanishi, Xizmat koʻrsatish muddati boshlanadigan sanadan tugallanishi Xizmat koʻrsatish muddati tugallanadigan sanagacha.
TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
Mazkur shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor shaxc Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq javobgar boʻladi.
Reklama tarqatuvchi reklama axborotining haqqoniyligi va ishonchliligi, reklama qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) sifati uchun javob bermaydi.
SHARTNOMANING AMAL QILISHI, UNI OʻZGARTIRISHVA BEKOR QILISH
Shartnoma taraflar imzolaganidan boshlab kuchga kiradi va taraflar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
Shartnoma quyidagi holatlarda Reklama beruvchi tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin:
Xizmat sifati badiiy va estetik jihatdan Reklama beruvchi tomonidan tasdiqlangan reklama dasturiga muvofiq boʻlmagan hollarda;
Xizmat koʻrsatish muddatlari ketma-ketligining buzilishi xizmat koʻrsatishning oxirgi muddati doirasidan chetga chiqib ketishi yoki mazkur muddatda uning bajarilishiga jiddiy toʻsqinlik qilishiga olib kelgan holatlarda.
Toʻlovlar mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilmagan, toʻlovni kechiktirish muddati 60 ish kunidan oshib ketgan hollarda Reklama tarqatuvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.
Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
TARAFLARNING REKVIZITLARI:
REKLAMA TARQATUVCHI: Yuridik manzili: Reklama tarqatuvchining yuridik manzili H/R: Reklama tarqatuvchining hisob raqami Bank kodi Reklama tarqatuvchining bank kodi STIR: Reklama tarqatuvchining STIR raqami Reklama tarqatuvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami |
REKLAMA BERUVCHI: Yuridik manzili: Reklama beruvchining yuridik manzili H/R Reklama beruvchining hisob raqami Bank kodi Reklama beruvchining bank kodi STIR: Reklama beruvchining STIR raqami Reklama beruvchining telefon raqami |
Muhr oʻrni Muhr oʻrni