Xodimni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruqdan namuna
BU Y R U Q
Buyruq chiqarilgan sana |
Buyruq raqami-son |
Buyruq qabul qilingan joy sh. |
Rag‘batlantirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 299-moddasiga binoan,
Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.
O‘ziga nisbatan intizom haqidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi intizom to‘g‘risidagi tegishli ustavlar va nizomlarda belgilanadi.
Xodimlar mehnat sohasida jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
Mehnat kodeksining mazkur moddasiga binoan,
BUYURAMAN
1. Xodim ishlab turgan tashkilot nomi va uning (tashkilotning) tashkiliy huquqiy shaklining Xodim ishlayotgan bo‘lim (tarkibiy tuzulma) nomi bo‘limida Xodimning lavozimi lavozimida mehnat foliyatini yuritayotgan Xodimning F.I.O.si,uzoq yillardan beri samarali mehnat faoliyatini yuritib kelayotganligi, mazkur faoliyati davomida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, ichki-mehnat tartib qoidalariga og‘ishmasdan rioya qilayotganligini e’tiborga olib hamda yubiley 50 yoshga to‘lganligi munosabati bilan, Xodimni mukofotlash turi e’lon qilinsin hamda bir martalik Xodimga berilgan pul miqdori miqdordagi pullik mukofot berilsin.
2. Moliya iqtisod bo‘limi tegishli to‘lovlarni amalga oshirsin
Asos: Buyruqni asoslantiruvchi hujjatlar
Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi |
_____________ (imzo) |
Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si |
Buyruq bilan tanishdim Xodimning lavozimi |
_____________ (xodim imzosi) |
Xodimning F.I.O.si |