Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʻvo arizasi berilayotgan sudning nomiga
Daʻvogar: Daʻvogarning F.I.Osi
Daʻvogarning doimiy yashash manzili
Daʻvogarning telefon raqami
Daʻvogarning elektron manzili
Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi
Javobgarning manzili
Javobgarning STIR raqami
Javobgarning telefon raqami
Javobgarning elektron manzili
DAʼVO ARIZASI
(Ish beruvchining ishga qabul qilishga oid harakatlarini qonunga xilof deb topish va yetkazilgan zararlarni undirish toʻgʻrisida)
Men Daʻvogarning F.I.Osi oliy maʼlumotli fuqaroman, Da’vogar ta’lim olgan muassasa va yo‘nalish nomi yoʻnalishi boʻyicha muvaffaqiyatli tarzda tamomlaganman.
Da’vogar ish so‘rab murojaat qilgan sana kuni Javobgar tashkilotning nomi (keyingi oʻrinlarda – javobgar)ga ish soʻrab murojaat qilganman. Oʻsha vaqtda korxona rahbariyati boʻsh ish yoʻqligini maʼlum qilgach, men yozma ravishda ariza berib, meni ishga qabul qilmaslik sabablarini rasmiy javob xati bilan bildirishlarini soʻraganman. Natijada, Javobgar rasmiy javob xati bergan sana kuni mening manzilimga javobgarning rasmiy javob xati kelib tushdi va ushbu xatda hozirgi vaqtda boʻsh ish oʻrni boʻlmaganligi sababli meni ishga qabul qilish imkonsiz ekanligi bildirilgan.
Shundan soʻng, men tumanimizdagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimiga murojaat qildim va menga maʼlum boʻlishicha, javobgar Javobgar tashkilotning nomida aslida boʻsh lavozimlar boʻlgan ekan. Bandlik boʻlimining Bandlik bo‘limining xati berilgan sanadagi xatiga koʻra Javobgar tomonidan yashirilgan lavozim nomi lavozimi boʻsh boʻlgan. Mening Da’vogar ta’lim olgan muassasa va yo‘nalish nomi yoʻnilishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega ekanligim, ushbu boʻsh lavozimlarda ishlashga huquqim borligini toʻliq tasdiqlaydi deb hisoblayman.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 119-moddasiga asosan ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Men javobgarning unda mening maʼlumotim va mutaxassisligimga mos boʻsh ish oʻrinlari boʻla turib, ushbu ish oʻrinlarini yashirgan holda ishga qabul qilishni rad etganligini gʻayriqonuniy harakat deb hisoblayman.
Mehnat kodeksining 320-moddasi birinchi qismiga asosan ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining oʻrnini unga qoplashi shart. Ushbu moddaning ikkinchi qismiga koʻra, agar ish haqi ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad etilganligi natijasida olinmagan boʻlsa, ish beruvchida bunday majburiyat yuzaga keladi.
Yaʼni, agarda javobgar menga nisbatan ushbu gʻayriqonuniy harakatni sodir etmaganda, men Da’vogar ish so‘rab murojaat qilgan sanakunidan ishga qabul qilingan va bugungi kunga qadar bajargan mehnatim uchun oylik ish haqi olgan boʻlar edim.
Yuqoridagilarga va FPKning 2701–2705-moddalariga asoslanib, suddan:
– javobgarning meni ishga qabul qilishni rad etishga oid xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni;
–javobgardan mening hisobimga ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad etilganligi natijasida Da’vogar ish so‘rab murojaat qilgan sanadan bugunga qadar olinmagan ish haqi toʻlovlarini undirib berishni soʻrayman.
Daʻvo ariza berilgan sana