SHARTNOMA
Kichik sanoat zonasi hududida joylashgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish toʻgʻrisida
Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma raqami-son Shartnoma tuzilgan sana
Kichik sanoat zonasi nomi kichik sanoat zonasi direksiyasi» DM nomidan muassasa direktori Kichik sanoat zonasi direktorining F.I.O. bir tomondan (Keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiladi) hamda asosida faoliyat koʻrsatuvchi, Ijaraga oluvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Ijaraga oluvchi rahbarining lavozimi Ijaraga oluvchi rahbarining F.I.O orqali ikkinchi tomondan (keyingi oʻrinlarda Ijaraga oluvchi deb yuritiladi) ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:
I. Shartnoma predmeti
1.1. Ijaraga beruvchi Ijaraga berilayotgan yer maydoni joylashgan hudud manzilida joylashgan Ijaraga berilayotgan yer maydonining hajmi hajmidagi yer uchastkasini Ijara munosabatlari boshlanadigan muddat yildan Ijara munosabatlari tugatiladigan muddat yilga qadar boʻlgan muddatda ijaraga beradi, Ijaraga oluvchi esa mazkur yer uchastkasini ijaraga oladi.
Yer uchastkasining chegaralari shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan va ilova qilinadigan dalolatnoma va xaritada koʻrsatiladi.
1.2. Yer uchastkasi undan Ijaraga berilayotgan yer maydonidan foydalanish maqsadi maqsadida foydalanish uchun beriladi.
1.3. Ijaraga berilayotgan yer uchastkasida Ajratilgan yer maydonida joylashgan binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risida maʼlumot lar joylashgan.
1.4. Ijaraga berilayotgan yer maydonida Ijaraga berilayotgan yer maydonida mavjud bo‘lgan kommunikatsiyalar kabi kommunikatsiyalar oʻtkazilgan.
II. Ijara toʻlovi
2.1. Yer uchastkasi uchun ijara toʻlovi har oyda Bir oylik ijara haqi miqdori soʻmni tashkil etadi.
2.2. Ijara toʻlovlari har oyning Ijara haqi to‘lanadigan sana sanasiga qadar pul koʻchirish usulida amalga oshiriladi.
2.3. Ijara toʻlovlarini amalga oshirish kechiktirilgan, toʻliq toʻlanmagan xollarda, ijaraga oluvchi kechiktirilgan xar bir kun uchun toʻlanmagan summaning Ijara haqi kechiktirilgan yoki to‘liq to‘lanmagani uchun undiriladigan bir kunlik penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi Undiriladigan penyaning umumiy summasi foizidan oshib ketmasligi lozim.
2.4. Penyani toʻlash ijaraga oluvchini ijara toʻlovlarini toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish tartibi
3.1. Ijaraga oluvchi yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilishi, yer uchastkasidan foydalanishda boshqalarning huquq va erkinliklariga zarar yetkazmasligi shart.
Yer uchastkasini berish va undan foydalanish tartibiga oid qo‘shimcha shartlar
IV. Ijaraga beruvchining huquqlari va majburiyatlari
4.1. Ijaraga beruvchi quyidagi xuquqlarga ega:
Yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini talab qilish;
Ijaraga oluvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilish;
Shartnoma muddati tugagandan soʻng yer uchastkasi qaytarilishini talab qilish;
Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari
4.2. Ijaraga beruvchining majburiyatlari:
Shartnomada koʻrsatilgan manzildagi va hajmagi yer maydonini ijaraga oluvchiga topshirish;
Ijaraga berilayotgan yer maydoni boʻyicha nizolar mavjud emasligini taʼminlash;
Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
5.1. Ijaraga oluvchining huquqlari:
Shartnomada koʻrsatilgan manzildagi va hajmdagi yer maydoni unga topshirilishini talab qilish;
Uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkasida oʻz mablagʻlari hisobidan qurilgan qurilma va inshootlarga, ishlab chiqargan mahsulotlarga va ularni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish.
Ijaraga oluvchining boshqa huquqlari
5.2. Ijaraga oluvchining majburiyatlari:
Shartnomaning 1.2-bandiga muvofiq yer uchastkasining ixtisoslashuvini saqlash;
Yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash va oʻz faoliyati natijasida ushbu hududda ekologik holat yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
mavjud irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash;
arxitektura-shaharsozlik normalari va talablariga rioya etish, shu jumladan belgilangan tartibda obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash va ularni qurilish organlari bilan kelishish, shuningdek, obyektni qurish va foydalanishga topshirishga ruxsat olish.
Ijaraga oluvchining boshqa majburiyatlari.
VI. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
6.1. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin, agar tomonlar kelishuvga erishmasa, sud qarori boʻyicha bekor qilinadi.
6.2. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
ijaraga beruvchi tugatilganda, shu jumladan bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy nochor holatga kelganda;
yer uchastkasining ijara huquqidan ixtiyoriy voz kechganda;yerlardan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanilganda;
ijaraga oluvchining aybi bilan atrof-muhitga ziyon yetkazilganda;
ijaraga oluvchi yer uchastkasi olingandan soʻng olti oy mobaynida undan foydalanmagan taqdirda.
Shartnoma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.
VII. Tomonlarning javobgarligi
7.1. Agar tomonlardan biri ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, ikkinchi tomon belgilangan tartibda ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
7.2. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday buzish holatlari shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻla olmaydi.
7.3. Ushbu shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonni sabablarni asoslagan holda, shartnoma muddati tugashidan Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishda ikkinchi tomonni ogohlantirish muddati kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
VIII. Nizolarni hal qilish
8.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqadigan sud nomi sudi tomonidan hal etiladi.
IX. Yakunlovchi qoidalar
9.1. Ushbu shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, ulardan ikki nusxasi Ijaraga beruvchiga va Ijaraga oluvchiga beriladi, uchinchi nusxasi tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining filialida saqlanadi.
9.2. Mazkur shartnoma yer uchastkasi joylashgan hududdagi Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tomonlarning manzillari va rekvizitlari:
Ijaraga beruvchi: Kichik sanoat zonasi nomi Kichik sanoat zonasining manzili Kichik sanoat zonasining hisob raqami Kichik sanoat zonasining STIR raqami Kichik sanoat zonasining MFO raqami Kichik sanoat zonasining XXTUT raqami Kichik sanoat zonasining telefon raqami Kichik sanoat zonasi direktorining F.I.O.
______________________ (imzo)
|
Ijaraga oluvchi: Ijaraga oluvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Ijaraga oluvchining manzili Ijaraga oluvchining hisob raqami Ijaraga oluvchining STIR raqami Ijaraga oluvchining MFO raqami Ijaraga oluvchining XXTUT raqami Ijaraga oluvchining telefon raqami Ijaraga oluvchi rahbarining F.I.O
______________________ (imzo)
|
Shartnoma Shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan tuman (shahar) kadastr boʻlimi shahar/tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining filialida roʻyxatdan oʻtkazildi.