KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI (FRANSHIZING) SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Kompleks litsenziarning to‘liq nomi keyingi oʻrinlarda “Kompleks litsenziar” deb yuritiladi nomidan Kompleks litsenziarga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Kompleks litsenziar vakilining yoki direktorining lavozimi va F.I.Sh bir tomondan va Kompleks litsenziatning to‘liq nomi keyingi oʻrinlarda “Kompleks litsenziat” deb yuritiladi nomidan Kompleks litsenziatga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Kompleks litsenziat vakilining yoki direktorining lavozimi va F.I.Sh ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha Kompleks litsenziar Kompleks litsenziatga haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini oʻz ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish, Kompleks litsenziat esa olingan litsenziya kompleksi uchun Kompleks litsenziarga shartnomada koʻrsatilgan haqni toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Kompleks litsenziar Kompleks litsenziatga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun quyidagilarni beradi:
1.2.1. Kompleks litsenziatga foydalanish uchun beriladigan Firma nomi (to‘liq va qisqartirilgan firma nomi) firma nomini;
1.2.2. Kompleks litsenziar nomiga Ro‘yxatga oluvchi organning nomi tomonidan Ro‘yxatga olingan raqami, sanasi va boshqa zarur maʼlumotlari roʻyxatga olingan va tasviri mazkur shartnomada keltirilgan Tovar belgisining nomi guvohnomasining raqami, berilgan sanasi, amal qilish muddati_tovar belgisi;
1.2.3. Foydalanish uchun beriladigan boshqa mutlaq huquqlar
1.3. Kompleks litsenziat shartnomasining 1.2-bandida koʻrsatilgan litsenziya kompleksidan oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni ishlab chiqargan tovarlarni sotishda foydalaniladigan mamlakat yoki hududning nomi hududida sotishda foydalanishi mumkin.
2. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI.
2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha Kompleks litsenziat olingan litsenziya kompleksi uchun Kompleks litsenziarga Litsenziya kompleksi uchun to‘lanadigan haq miqdori soʻm miqdorda, shuningdek har oyda sotilgan tovarlar bahosining Har oyda sotilgan tovarlar bahosidan to‘lanadigan foiz miqdori foizi miqdorida tushumdan ajratmalar shaklida haq toʻlaydi.
2.2. Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar To‘lov shakli va usuli tartibida amalga oshiriladi.
3. TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Kompleks litsenziar:
3.1.1. Kompleks litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda Kompleks litsenziat mazkur shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni taqdim etishi, shuningdek Kompleks litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar berishi;
3.1.2. Kompleks litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlashi;
3.1.3. Kompleks litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami koʻrsatishi, shu jumladan xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishda yordam berishi shart;
3.1.4. Kompleks litsenziarning boshqa majburiyatlari.
3.2. Kompleks litsenziat:
3.2.1. shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chogʻida Kompleks litsenziarning firma nomidan shartnomada koʻrsatilgan tarzda foydalanishi;
3.2.2. shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar sifati bevosita Kompleks litsenziarning oʻzi ishlab chiqarayotgan shunday tovarlar sifatiga aniq mos boʻlishini taʼminlashi;
3.2.3. Kompleks litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yoʻriqnomalari va koʻrsatmalariga, shu jumladan shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir koʻrsatmalariga ham rioya etishi;
3.2.4. sotib oluvchilar bevosita Kompleks litsenziardan tovarni sotib olgan vaqtda ularga umid qilishlari mumkin boʻlgan hamma qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatishi;
3.2.5. Kompleks litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi;
3.2.6. agar shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi;
3.2.7. kompleks tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga ular uchun juda aniq usulda maʼlum qilishi shart;
3.2.8. Kompleks litsenziatning boshqa majburiyatlari.
4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL QILISH
4.1. Kompleks litsenziat mazkur shartnoma boʻyicha sotayotgan tovarlar sifati shartnomaga mos emasligi toʻgʻrisida Kompleks litsenziatga qoʻyiladigan talablar yuzasidan Kompleks litsenziar subsidiar javobgar boʻladi.
4.2. Kompleks litsenziatga Kompleks litsenziarning tovarlarini tayyorlovchi sifatida qoʻyiladigan talablar yuzasidan Kompleks litsenziar Kompleks litsenziat bilan solidar javobgar boʻladi.
4.3. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
4.4. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdosanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
4.5. Taraflarning Taraflarning boshqa javobgarliklari.
5. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
5.1. Mazkur shartnoma taraflar imzolagan, u Kompleks litsenziarni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5.2. Ushbu shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 28-bobining qoidalariga muvofiq oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Tegishli oʻzgartishlar ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan paytdan boshlab shartnoma oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan deb hisoblanadi.
5.3. Taraflardan har biri mazkur shartnomadan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak.
5.4. Litsenziya kompleksiga kirgan firma nomini yangi firma nomi bilan almashtirmasdan unga boʻlgan huquq bekor qilingan taqdirda mazkur shartnoma bekor qilinadi.
6. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
6.1. Mazkur shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining intellektual mulk haqidagi qoidalari tegishli suratda qoʻllanadi.
6.2. Kompleks litsenziat Kompleks litsenziar bilan kelishgan va shartnomada belgilangan shartlarda mazkur shartnomaga koʻra unga berilgan litsenziya kompleksi yoki uning bir qismidan boshqa shaxslarning foydalanishiga ruxsat berish huquqiga ega.
6.3. Litsenziya kompleksiga kiruvchi biron-bir alohida huquqning boshqa shaxsga oʻtishi mazkur shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Yangi Kompleks litsenziar oʻziga oʻtgan alohida huquq jumlasiga kiruvchi huquqlar va majburiyatlar boʻyicha shartnomaga kirishadi.
6.4. Kompleks litsenziar oʻzining firma nomini oʻzgartirgan taqdirda, agar Kompleks litsenziat shartnomani bekor qilishni talab qilmasa, mazkur shartnoma saqlanib qoladi va Kompleks litsenziarning yangi firma nomiga nisbatan amal qiladi. Shartnomaning amal qilishi saqlanib qolgan taqdirda Kompleks litsenziat Kompleks litsenziarga tegishli boʻlgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.
6.5. Agar mazkur shartnoma amal qilib turgan davrda litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqning amal qilish muddati tugasa yoki bunday huquq boshqa asosga koʻra bekor boʻlsa, shartnoma bekor boʻlgan huquqqa taalluqli qoidalarni chegirib tashlagan holda saqlanib qoladi, Kompleks litsenziat esa, Kompleks litsenziarga tegishli boʻlgan haqni mutanosib ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.
6.6. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan, u bilan bogʻliq barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
6.7. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikkala nusxa ham bir xil yuridik kuchga ega va taraflarga bir nusxadan beriladi.
7. FORS-MAJOR HOLATLARI
7.1. Taraflardan biri shartnomaning yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda muayyan sharoitda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, noqulay ob-havo sharoiti, hukumat tadbirlari, hokimiyat organlarining qarorlari, harbiy nizolari, ichki tartibbuzarliklar va boshqa tabiiy ofatlar) fors-major tufayli bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.
7.2. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni ijro etishga imkoni boʻlmagan taraf majburiyatlarning ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi vaziyatlar sodir boʻlgani yoki tugaganligi haqida ikkinchi tarafga bildirishi kerak.
8. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Kompleks litsenziar: |
|
Kompleks litsenziat: |
||
Manzil: Kompleks litsenziarning manzili |
|
Manzil: Kompleks litsenziatning manzili |
||
Hisob raqami: Kompleks litsenziarning hisob raqami |
|
Hisob raqami: Kompleks litsenziatning hisob raqami |
||
Bank :Kompleks litsenziarning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
|
Bank: Kompleks litsenziatning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
||
STIR: Kompleks litsenziarning STIR raqami |
|
STIR: Kompleks litsenziatning STIR raqami |
||
Telefon raqami: Kompleks litsenziarning telefon raqami |
|
Telefon raqami: Kompleks litsenziatning telefon raqami |
||
Kompleks litsenziar:Kompleks litsenziar vakilining yoki direktorining lavozimi va F.I.Sh
M.Oʻ. |
______ (imzo) |
|
Kompleks litsenziat: Kompleks litsenziat vakilining yoki direktorining lavozimi va F.I.Sh
M.Oʻ. |
_____ (imzo) |
Franshizing shartnomasi bo‘yicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa ob’ektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.
Franshizing shartnomasi bo‘yicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolargina taraflar bo‘lishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddat ko‘rsatilgan, shuningdek ko‘rsatilmagan holda (muddatsiz shartnoma) tuzilishi mumkin.
Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.