BANK OMONATI SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy shahri |
Nizom asosida faoliyat yurituvchi Omonatni qabul qilib oluvchi bank nomi (keyingi oʻrinlarda “Bank” deb yuritiladi) nomidan ish yurituvchi Bank nomidan ish yurituvchi masʼul shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va fuqaro Omonotchining F.I.O.si(keyingi oʻrinlarda “omonatchi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnomaga koʻra, bank omonatchidan Omonatga qo‘yilayotgan pul mablag‘lari qaysi pul birligida qo‘yiladi pul birligida Omonatga qo‘yilayotgan pul summasi miqdoridagi pulni qabul qilib olish, saqlab, uni Omonat pulini omonatchiga qaytarish muddati kuni qaytarish va unga foizlar toʻlash majburiyatini hamda mazkur muddat davomida ushbu pul mablagʻlaridan foydalanish huquqini oladi.
1.2. Pul mablagʻlarini omonatga jalb qilish huquqi Bankka Bankka omonatlarni jalb qilish huquqini beruvchi litsenziya berilgan sana kuni berilgan Bankka omonatlarni jalb qilish huquqini beruvchi litsenziya raqami-sonli litsenziyaga muvofiq amalga oshiriladi.
II.OMONATGA TOʻLANADIGAN FOIZLAR MIQDORI, ULARNI HISOBLASH
VA TOʻLASH TARTIBI
2.1. Bank omonatchiga omonat summasi uchun yillik Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari uchun bank tomonidan to‘lanadigan foiz miqdori foiz miqdorida foiz hisoblab, har oy uchun foiz pullarini keyingi oyning Oyning bank tomonidan foizlar to‘lab beriladigan sanasi sanasidan kechiktirmasdan toʻlaydi.
2.2. Shartnoma amalda boʻlgan muddat ichida Bank omonatdan foydalanish uchun toʻlanadigan foiz miqdorini omonatchining roziligisiz, bir tomonlama kamaytirishga haqli emas.
2.3. Omonat summasiga foizlar omonat pullari bankka topshirilgan kunning ertasidan boshlab, to u Omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra Omonatchining hisobvaragʻidan oʻchirilgan kundan oldingi kungacha hisoblanadi.
2.4. Omonatchining hisobvaragʻi xatlanganligi oqibatida Bank ushbu hisobvaraqdagi pul mablagʻlaridan foydalana olmagan davr uchun foizlar hisoblanmaydi va toʻlab berilmaydi.
2.5. Omonatni saqlash muddati tugagunga qadar Omonatchining talabi bilan omonat summasi shartnomada belgilangan muddatdan avval unga qaytarilgan hollarda omonat yuzasidan foizlar toʻlanmaydi va toʻlangan foizlar esa omonat summasidan chegirib qolinadi.
2.6. Omonat summasiga foizlar har bir oy oʻtganidan keyin Omonatchining talabi bilan omonat summasidan alohida toʻlanadi, bu muddatda talab qilib olinmagan foizlar esa foizlar yoziladigan omonat summasiga qoʻshilib boradi. Omonat qaytarilganida shu paytgacha yozilgan hamma foizlar toʻlanadi.
III.TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Bank:
a) Omonatchi tomonidan kiritilgan, shartnomaning 1.1-bandida belgilangan miqdordagi pul mablagʻlarini omonatchining Omonatchi tomonidan kiritilgan pul mablag‘lari saqlanadigan depozit raqamli raqamli depozit hisobida saqlash.
b) Omonatga uchinchi shaxslardan tushgan pul mablagʻlarini Omonatchining hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni koʻrsatgan holda kiritib qoʻyish;
v) Omonotdan foydalangani uchun omonatchiga yillik Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari uchun bank tomonidan to‘lanadigan foiz miqdori foiz miqdorida haq toʻlash;
g) Omonatchining talabiga muvofiq omonat summasini omonat shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin zudlik bilan qaytarish;
d) Omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi taʼminlanganligi toʻgʻrisida axborot berish majburiyatini oladi.
3.2. Omonatchi:
a) Oʻzi tomonidan kiritilgan, shartnomaning 1.1-bandida belgilangan miqdordagi pul mablagʻlari depozit hisobiga qabul qilinganligi va saqlanayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlib borish;
b) Omonat hisob raqamiga uchinchi shaxslardan tushgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlib borish;
v) Omonot pullari uchun yillik Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari uchun bank tomonidan to‘lanadigan foiz miqdori foiz miqdorida haq olish;
g) Omonat summasi omonat shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin zudlik bilan qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
3.3. Omonatchi omonat muddati tugagunga qadar uni qaytarib berishni talab qilish niyatida boʻlsa, u oʻzining bu niyatidan Bankni omonatni olishni moʻljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart.
3.4. Bank omonatning qaytarilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek taʼminotni yoʻqotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, Omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 327-moddasiga muvofiq unga foizlar toʻlashni hamda oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Omonatchi omonat pullari yoki ularga hisoblangan foizlar shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlab berilmagan hollarda mazkur summalar bilan birga shartnomaning 4.1 hamda 4.2 bandlarida belgilangan miqdorlarda penya toʻlanishini, shuningdek, yetkazilgan boshqa zararlar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
IV.TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Bank omonatdan foydalangani uchun foizlarni sharnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻlamaganligi uchun omonatchiga har bir oʻtkazib yuborilgan kun uchun toʻlanmagan summaning Bank tomonidan foizlar o‘z muddatida to‘lanmaganligi uchun omonatchiga to‘lanadigan bir kunlik penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi.
4.2. Bank omonat summasini shartnomada belgilangan muddatlarda qaytarmaganligi uchun omonatchiga kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan summaning Bank tomonidan omonat pullari o‘z muddatida qaytarilmaganligi uchun omonatchiga to‘lanadigan bir kunlik penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi.
4.3. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.
V.NIZOLARNI HAL QILISh TARTIBI
5.1. Mazkur shartnomani bajarishda vujudga kyeluvchi kelishmovchiliklar va nizolar taraflarning oʻzaro muzokaralari orqali hal etiladi.
5.2. Muzokaralar orqali taraflarning oʻrtasida kelib chiqqan nizolar hal boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, shartlari oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kyelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqadigan sud nomi sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
VI.ShARTNOMANING BOShQA SHARTLARI
6.1. Bank bilan Omonatchining omonat qoʻyilgan hisobvaraq boʻyicha munosabatlariga nisbatan bank hisobvaragʻi shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.
6.2. Mazkur shartnoma omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
6.3. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning kelishuviga muvofiq, yozma ravishda tuzilgan va ularning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.
6.4. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega.
TARAFLARNING REKVIZITLARI:
Bank: |
Omonatchi: |
|
Omonatni qabul qilib oluvchi bank nomi Yuridik manzil: Bankning yuridik manzili |
Manzil: Omonatchining manzili |
|
Hisob raqami: Bankning hisob raqami |
Hisob raqami: Omonatchining hisob raqami |
|
Valyuta hisob raqami: Bankning valyuta hisob raqami |
Valyuta hisob raqami: Omonatchining valyuta hisob raqami |
|
Stir: Bankning STIR raqami |
Stir: Omonatchining STIR raqami |
|
Telefon: Bankning telefon raqami |
Telefon: Omonatchining telefon raqami |
|
Bank nomidan ish yurituvchi masʼul shaxsning lavozimi va F.I.O.si ___________ (imzo) |
Omonotchining F.I.O.si _____________ (imzo) |
Qonunchilikka ko‘ra, bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida bank faoliyati deb hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan depozitlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish kabi faoliyatlar majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxs hisoblanadi.
Omonatchi esa bank bilan tuzilgan bank omonati shartnomasida yoki bank omonat siyosatida nazarda tutilgan shartlar asosida bank bilan kelishilgan holda bankka maʼlum pul mablag‘ini o‘zi yoki uning nomiga kelgan pul mablag‘ini omonatga qo‘yuvchi rezident yoki norezident shaxs bo‘lishi mumkin.
Bank omonati (depozit) – milliy yoki xorijiy valyutadagi pul summasi bo‘lib, bank va mijoz o‘rtasida kelishilgan muddatlarda pulni foizlar yoki ustamalar bilan yoxud bunday shartlarsiz qaytarish sharti bilan beriladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bank omonati shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.