Jismoniy shaxslar (I guruh) uchun suv tarqatish shoxabchasi (gusak) orqali avtotransportlar bilan ichimlik suv yetkazib berish boʻyichaShartnoma raqami-sonli shartnoma
|
||
Shartnoma tuzilgan sana |
|
Shartnoma tuzilgan joy
|
Ushbu shartnoma “Taʼminotchi” tarafning nomi suv taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida ish yurituvchi “Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, Isteʼmolchining manzili manzilida joylashgan xonadon egasi Isteʼmolchining F.I.Osi (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar haqida tuzildi.
|
||
I. SHARTNOMA PREDMETI |
||
1.1 “Taʼminotchi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish Qoidalari” (keyinchalik matnda – Qoidalar deb yuritiladi) asosida “Isteʼmolchi”ning xoʻjalik-maishiy ehtiyojlari uchun ichimlik suvini yetkazib berish majburiyatini oladi. 1.2. “Isteʼmolchi” amaldagi taʼrif, meʼyorlar va Qoidalar asosida, ishlatilgan ichimlik suvi uchun oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. |
||
II. SUV TAʼMINOTI HAJMINI HISOBGA OLISH |
||
2.1. “Isteʼmolchi” tomonidan yetkazilgan suv hajmi Qoidalarga muvofiq aniqlanishi lozim. |
||
III. SUV TAʼMINOTI UCHUN HISOB-KITOB QILISH TARTIBI |
||
3.1. “Isteʼmolchi” yetkazilgan ichimlik suv taʼminoti uchun oy boʻyicha va har oyda keyingi oyning yetkazish uchun 100 foizlik oldindan xaq toʻlashni amalga oshirishi lozim; a) aholiga tarif boʻyicha “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 ichimlik suvi uchun to‘lov miqdori soʻm 1m3; 3.2. Isteʼmolchilar uchun Ichimlik suvi uchun taʼrif belgilash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sana kunidagi Ichimlik suvi uchun taʼrif belgilash to‘g‘risidagi qarorning raqami-sonli qarorga asosan ichimlik suv taʼminoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama xaq miqdori Suv taʼminoti xizmatlari tariflariga isteʼmolchilar uchun belgilangan ustama xaq miqdori soʻm/m3etib belgilangan. 3.3. Ichimlik suv taʼminoti uchun tariflar oʻzgarganda, sanasidan qatʼiy nazar, ushbu xizmatlar yuzasidan “Isteʼmolchi” bilan tuzilgan shartnoma oʻz kuchini saqlab qoladi va “Isteʼmolchi” koʻrsatilgan xizmatlar uchun yangi tariflar asosida, ular kiritilgan sanadan eʼtiboran toʻlovlarni amalga oshirishi shart. 3.4. Ichimlik suv taʼminoti uchun toʻlovlar “Isteʼmolchi”ning tanlovi boʻyicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul oʻtkazish (toʻlov hujjati yoki toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha) orqali pul mablagʻlari bilan, shuningdek, plastik kartochkalardan yoki elektron aloqa tizimlari vositasida pul oʻtkazish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi. |
||
IV. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI |
||
4.1. “Taʼminotchi”ning huquqlari: a) “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ni 7 kun avval yozma ravishda ogohlantirgan holda, quyidagi holatlarda ichimlik suvini yetkazishni toʻliq yoki qisman toʻxtatishi mumkin; “Isteʼmolchi” tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda va yetkazilgan suv miqdori boʻyicha shartlarga rioya qilmaganda; b) “Taʼminotchi” quyidagi holatlarda oldindan xabar qilmasdan suv yetkazishni toʻliq yoki qisman toʻxtatishga haqli: “Isteʼmolchi” oldindan 100 foizlik haq toʻlamagan hollarda; “Taʼminotchi” tashkilotining elektr taʼminoti toʻxtatilganda; - tabiiy ofatlar roʻy berganda; - avariya holatlarida; - yongʻin chiqqan joylarga suv uzatishni koʻpaytirishga zarurat tugʻilganda. 4.2. “Taʼminotchi”ning majburiyatlari: a) Suv taʼminoti shartnoma shartlarini bajarish; b) “Isteʼmolchi”larga suv barqaror yetkazilishini taʼminlash; v) ichimlik suv tizimida roʻy bergan buzilishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida ularning sabablari, xizmat koʻrsatishdagi toʻxtalish muddatlari va cheklanishlar, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmat sifatlarining oʻzgarishi sabablari haqida “Isteʼmolchi”larga axborot berish; g) ichimlik suv yetkazishda roʻy berishi mumkin boʻlgan rejali toʻxtatish va uzilishlar haqida “Isteʼmolchi”larni uzilishlar boshlangungacha 10 ish kunidan kechikmay ogohlantirish; d) ichimlik suvni isteʼmol qilishga doir amaldagi va yangi joriy qilingan meʼyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar bilan “Isteʼmolchi”larni aloqa vositalari orqali xabardor qilish; z) ichimlik suv taʼminoti tariflaridagi oʻzgarishlar haqida ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yoki boshqa aloqa vositalari yordamida “Isteʼmolchi”larni xabardor qilish; i) ichimlik suv taʼminoti uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlarni “Isteʼmolchi”larga bepul taqdim etish; y) daʼvo muddati chegaralari doirasida suv taʼminoti uchun mavjud qarzlarni undirish yuzasidan barcha choralarni koʻrish. Qarzdorlik boʻyicha suvni yetkazib bermaslik “Isteʼmolchi”dan qarzdorlik toʻlangandan soʻng suvni yetkazib berishlik; k) “Taʼminotchi” amaldagi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻladi. 4.3 “Isteʼmolchi”ning huquqlari: a) “Taʼminotchi”dan, u bilan tuzilgan shartnoma asosida, “Taʼminotchi”ning texnik imkoniyatlari mavjud boʻlgan holatlarda, ixtisoslashgan isteʼmolchilarga ichimlik suvini markaziy ichimlik suv taʼminoti tizimlaridagi suv tarqatish shoxabchalaridan maxalliy davlat xokimliklari tomonidan bir km.ga xisoblangan narxda, belgilangan avtotransport vositasida aniq muddatda va miqdorda yetkazib berilishini, oʻz hayoti va sogʻligʻiga, mulkiga xavf tugʻdirmaydigan darajadagi sifat va miqdorda ichimlik suv berilishini talab qilish; b) “Taʼminotchi”ni shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida, uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv taʼminoti uchun toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; v) ichimlik suv taʼminoti uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar va maʼlumotnomani shaxsan yoki oʻz vakili orqali bepul olish; g) “Taʼminotchi”dan ichimlik suv taʼminoti hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, toʻlovlar tarifi va tartiblarining oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni bepul olish; d) ichimlik suv taʼminoti past sifatda ekanligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida “Taʼminotchi”dan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish. 4.4. “Isteʼmolchi”ning majburiyatlari: a) “Taʼminotchi” bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish; b) “Isteʼmolchi” amaldagi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻladi. |
||
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI |
||
5.1. “Taʼminotchi”: a) “Isteʼmolchi”ni meʼyoriy-huquqiy va boshqa hujjatlarga hamda oʻzaro tuzilgan shartnomaga muvofiq sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash (yetkazib berish); b) “Isteʼmolchi”ning hayoti, sogʻligʻi, mulkiga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob berish; v) “Taʼminotchi” shartnoma shartlari va oʻziga yuklangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgardir. 5.2. “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ning aybiga koʻra ichimlik suv yetkazishdagi uzilishlar uchun javob bermaydi. 5.3. “Taʼminotchi” shartnoma shartlariga muvofiq oʻz majburiyatlarini asossiz ravishda bajara olmagan holatlarda “Isteʼmolchi”ga har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorda penya toʻlaydilar. Ammo bu miqdor kechiktirilgan majburiyatlar summasining jami 15 foizidan oshmasligi lozim. 5.4. “Isteʼmolchi”: a) shartnoma shartlarining bajarilishi; b) sanitariya-texnika uskunalarining doimiy soz holatda saqlanishi; v) sanitariya-texnika uskunalaridan suv oqishiga yoʻl qoʻymaslik; g) ichimlik suv taʼminoti uchun 100 foizlik oldindan toʻlovlarni amalga oshirish shart. |
||
VI. ALOHIDA SHARTLAR |
||
6.1. Hisob-kitoblarning notoʻgʻri amalga oshirilganligi (tariflarning notoʻgʻri hisobga olinganligi va shu kabi holatlar) toʻgʻrisida yoziladigan eʼtiroznoma toʻlov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda “Taʼminotchi” tashkilotiga taqdim etilishi lozim. Eʼtiroznoma “Isteʼmolchi”ni toʻlov hujjatida koʻrsatilgan summani toʻliq va belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi. 6.2. Eʼtiroznoma “Taʼminotchi” tashkilot tomonidan 10 kun muddatda koʻrib chiqiladi. Ular asosli deb topilsa, toʻlangan ortiqcha summa keyingi toʻlov hujjati hisobiga oʻtkaziladi. “Isteʼmolchi” eʼtiroznoma koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni aloqa vositalari orqali, eʼtiroz koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan muddat tugagandan keyin 3 kun muddatda xabardor qilinishi lozim. Koʻrsatilgan muddat ichida “Isteʼmolchi” xabardor qilinmasa, masala “Isteʼmolchi” foydasiga hal qilingan hisoblanadi. Yakka tartibdagi uy-joy mulkdorlari oʻzgargan taqdirda, “Isteʼmolchi”lar bu haqda “Taʼminotchi” tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda yozma ravishda xabardor qilishi va sarflangan suv uchun toʻliq hisob-kitob qilishi shart, yangi mulkdor esa mulkdor oʻzgargan kundan boshlab 7 kun muddatda yangi shartnoma tuzishi shart. 6.3. “Taʼminotchi” tomonidan taʼmir-profilaktik ishlari olib borilganda ichimlik suv taʼminoti koʻpi bilan 36 soatga toʻxtatilishi mumkin. |
||
VII. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI |
||
7.1. Taraflar oʻrtasida shartnoma yuzasidan kelib chiqqan nizolar, kelishuv yoʻli bilan hal qilinadi. Agarda ikki tomonlama kelishuvga erishilmasa, nizolar Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda “Isteʼmolchi” istiqomat qiladigan hududdagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar orqali hal qilinadi. 7.2. Ushbu shartnomada belgilanmagan holatlar yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda, Qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi. |
||
VIII. FORS-MAJOR |
||
8.1. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek, ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi. 8.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon 3 kun ichida boshqa tomonni fors-major holati boshlangan muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim. 8.3. Agar fors-major holatining shartnoma shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat toʻsqinlik qilsa, tomonlardan biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
|
||
IX. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI |
||
9.1. Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati boshlanadigan sanadan Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha boʻlgan muddatga tuzildi. 9.2. Shartnomaning amal qilish muddati tugagach taraflardan birining shartnomani bekor qilish yoki shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, mazkur shartnomada koʻzda tutilgan oʻsha muddat va oʻsha shartlar asosida uzaytirilgan hisoblanadi. 9.3. Taraflardan biri shartnomani uzaytirishni istamasa, u ikkinchi tomonga mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida Shartnomani uzaytirishni istamagan tomon bu haqida ikkinchi tomonni shartnomaning amal qilish muddati tugashiga necha kun qolganda xabardor qiladi kun qolganda xabar berishi lozim. |
||
X. YAKUNIY QOIDALAR |
||
10.1. Mazkur shartnoma taraflar oʻrtasida imzolangandan boshlab tuzilgan hisoblanadi, tomonlarning har biri uchun bir xil yuridik kuchga ega ikki nusxada tuzildi. Mazkur shartnomaga oʻzgartishlar tomonlar oʻrtasida qoʻshimcha kelishuv asosida yozma ravishda amalga oshiriladi. |
||
XI. TARAFLARNING MANZILLARI |
||
“TAʼMINOTCHI” |
|
“ISTEʼMOLCHI” |
“Taʼminotchi” tarafning nomi |
Manzil: Isteʼmolchining manzili |
|
Manzil: “Taʼminotchi” tarafning manzili |
|
Pasport raqami: Isteʼmolchining pasport seriyasi va raqami |
Bank: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Tugʻilgan sanasi: Isteʼmolchining tug‘ilgan sanasi |
H/R: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami |
Pasport qachon va kim tomonidan berilgan Isteʼmolchiga pasport qachon va kim tomonidan berilgan |
|
STIR: “Taʼminotchi” tarafning STIR raqami |
|
Telefon: Isteʼmolchining telefon raqami |
Telefon: “Taʼminotchi” tarafning telefon raqami |
|
Isteʼmolchining F.I.Osi |
“Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si |
|
|
_________________ imzo
|
|
_________________ imzo
|
|
||
|
||
Yuriskonsult: _________ “Taʼminotchi” taraf yuriskonsultining F.I.Osi (imzo)
|
Qonunchilikka ko‘ra, suv taʼminoti - ichimlik va texnologik suvni olish, tayyorlash, uzatish va isteʼmolchi (subisteʼmolchi)ga yetkazishni taʼminlaydigan texnologik jarayon hisoblanadi.
Suv taʼminoti bo‘yicha I guruhga hususiy uy-joylarda ko‘p kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar kiradi.
Ichimlik suv taʼminoti uchun to‘lovlar “Isteʼmolchi”ning tanlovi bo‘yicha cheklanmagan ravishda, naqd yoki pul o‘tkazish (to‘lov hujjati yoki to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha) orqali pul mablag‘lari bilan, shuningdek, plastik kartochkalardan yoki elektron aloqa tizimlari vositasida pul o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tayyorlangan mazkur shartnoma namunasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, shartnomani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.