Kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi namunasi
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Ta’minotchi korxonaning nomi nomidan uning Ustavi asosida faoliyat yurituvchi direktori Ta’minotchi korxonaning rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi,keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb ataluvchi, bir tomondan va Iste’molchi korxonaning nomi nomidan faoliyat yurituvchi Iste’molchi korxona rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi,keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb ataluvchi, ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladi, quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasini (keyingi oʻrinlarda “Shartnoma” deb ataluvchi) tuzdilar.
I. SHARTNOMA PREDMETI
1. Ushbu elektr energiyasi taʼminoti shartnomasiga (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma deb ataladi) muvofiq, “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ–57-son “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan o‘rnatilgan kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqargan elektr energiyasini yetkazib berish va “Isteʼmolchi” isteʼmol qilingan energiya uchun oʻz vaqtida haq toʻlash majburiyatini oladi.
II. YETKAZIB BERILGAN ELEKTR ENERGIYANI HISOBGA OLISH
2.1. Elektr energiya isteʼmolining yillik shartnomaviy taxminiy hajmi: Aktiv Elektr energiya isteʼmolining yillik shartnomaviy taxminiy hajmi kVt*s.
2.2. Yetkazib beriladigan energiyaning shartnoma tuzilgan kunidagi umumiy narxi Yetkazib beriladigan energiyaning shartnoma tuzilgan kunidagi umumiy narxi so‘mdasoʻmni, tarif boʻyicha Yetkazib beriladigan energiyaning shartnoma tuzilgan kunidagi ta’rif bo‘yicha narxi so‘mdatashkil etadi. Byudjet tashkilotlari uchun: Byudjet mablagʻlari hisobidan Byudjet tashkilotlari uchun yetkazib beriladigan energiyaning shartnoma tuzilgan kunidagi ta’rif bo‘yicha narxi so‘mda soʻmni, Byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplanadigan qismi so‘mdasoʻmni tashkil qiladi.
2.3. “Isteʼmolchi”ga yetkazib beriladigan elektr energiyasining oylar kesimidagi yillik taxminiy hajmi “Isteʼmolchi”ga yetkazib beriladigan elektr energiyasining oylar kesimidagi yillik taxminiy hajmi miqdori kVt*soatni tashkil qiladi.
2.4. “Isteʼmolchi” tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasining haq toʻlanishi lozim boʻlgan hajmi hisobga olish uskunalarining koʻrsatkichlari asosida, hisobga olish uskunalari ulangan tok va kuchlanish transformatorlarining transformatsiya koeffitsiyentlari inobatga olingan holda aniqlanadi.
2.5. “Isteʼmolchi”ning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, shuningdek elektr energiyasini hisobga olishning boshqa vositalari “Taʼminotchi”ning mablagʻlari hisobiga sotib olinadi, davlat qiyoslovidan oʻtkaziladi, oʻrnatiladi, plombalanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
2.6. Hisobga olish uskunalari “Isteʼmolchi”ning aybi bilan buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishni oʻlchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek, ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish uskunalarining shikastlanishi yoki ularning yoʻqolishi va boshqa holatlarda) hisobga olish, nazorat qilish asboblarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, taʼmirlash, davlat qiyoslovidan oʻtkazish va oʻrnatish isteʼmolchi tomonidan ular qiymati va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlangan holda, “Taʼminotchi” tomonidan amalga oshiriladi.
III. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
3.1. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar amaldagi tariflar asosida amalga oshiriladi.
3.2. “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi” (yoki uning vakili) bilan birgalikda isteʼmol qilingan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi elektr energiyasini hisobga olish uskunalari koʻrsatkichlarini har oyda yozib olish va zarur boʻlganda elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini ulash sxemasini tekshirib koʻrish vakolatiga ega. “Isteʼmolchi” hisob-kitob davri tugagandan soʻng, “Taʼminotchi” vakolatli vakili bilan birgalikda (mavjud vaziyatdan kelib chiqqan zarurat boʻlgan holda) yoki uning ishtirokisiz hisobga olish uskunalarining koʻrsatkichlarini har oyda yozib oladi, mazkur shartnomaga muvofiq shaklda iste’mol qilingan energiya sarfi bo‘yicha hisobot tuzadi va uni har oyning 5-sanasiga qadar “Taʼminotchi”ga taqdim qiladi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan “Isteʼmolchi”larda hisobga olish uskunalaridagi koʻrsatkichlar avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki “Isteʼmolchi”ning buyurtmasi boʻyicha yozib olinadi.
3.3. Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar oʻzgargan taqdirda, “Taʼminotchi” tomonidan kamida 15 kun oldin “Isteʼmolchi” ogohlantiriladi. Bunda elektr energiyasi uchun tariflar oʻzgargan sanadan qat’i nazar, elektr taʼminoti shartnomasi oʻz kuchida qoladi va “Isteʼmolchi” foydalanilgan elektr energiyasi uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab haq toʻlashga majburdir. Tarif oʻzgargan taqdirda, “Isteʼmolchi”lar elektr energiyasining avans tariqasida toʻlangan hajmi uchun toʻlov kunidan boshlab keyingi bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda qoʻshimcha toʻlov toʻlashdan ozod etiladi. Arifmetik xatoliklar, koʻrsatkichlarda noaniqliklar kuzatilganda, tariflarni notoʻgʻri qoʻllash tufayli paydo boʻladigan kam va ortiqcha toʻlovlar tegishli tarif boʻyicha kVt*soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va “Taʼminotchi” tomonidan daʼvo muddati doirasida koʻrsatkichlardagi tafovut yoki qoʻshimchalar bilan birgalikda hisobga olinadi.
3.4. “Isteʼmolchi”ga elektr energiyasi yetkazib berish 100 foiz oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi. Yaʼni, “Isteʼmolchi” oylik elektr energiya isteʼmoli boʻyicha hisobotni oyning 1-sanasidan 5-sanasigacha elektron yoki yozma shaklda “Ta’minotchi”ga topshiradi, soʻngra oyning 10-sanasigacha hisobot oyi va kelgusi oy uchun shartnomada belgilangan 100 foizlik miqdor uchun oldindan haq toʻlaydi.
3.5. “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ning energiya sarfi toʻgʻrisidagi hisoboti asosida belgilangan tartibda hisob-kitobni amalga oshiradi va besh kun ichida toʻlov amalga oshirish uchun hisob faktura va toʻlov hisob varagʻini taqdim etadi. Toʻlov toʻgʻrisida isteʼmolchini xabardor qilish ogohlantirish hisoblanadi. “Taʼminotchi” tomonidan maxsus dasturiy mahsulot orqali hisob faktura va toʻlov hisob varagʻi shakllantiriladi hamda “Isteʼmolchi” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, “Isteʼmolchi”ga yuboriladi. Agar maxsus dasturiy mahsulot orqali yetkazish imkoniyati mavjud boʻlmasa hisob faktura va toʻlov hisob varagʻi yozma shaklda beriladi.
3.6. Hisobga olish uskunalari ushbu shartnomaga muvofiq, elektr tarmog‘ining mansublik chegarasi boʻyicha farqlash dalolatnomasi va tomonlarning ekspluatatsiya javobgarligi asosida aniqlanadigan elektr tarmogʻining mansublik chegarasida oʻrnatilmaganda, chegaradan hisobga olish uskunalari oʻrnatilgan joygacha boʻlgan tarmoqda energiyaning texnologik sarflanish hajmi “Isteʼmolchi” bilan birgalikda hisoblash yoʻli orqali aniqlanadi yoki taraflar kelishuvi asosida ushbu shartnomaga muvofiq dalolatnomada koʻrsatiladi va elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansubligiga qarab “Taʼminotchi”ning va “Iste’molchi”ning hisobiga o‘tkaziladi.
3.7. “Isteʼmolchi”ning elektr energiyasi haqini toʻlash, penya boʻyicha qarzi hamda noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi boʻlgan taqdirda, uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlari qarzni qoplashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi (oldindan haq toʻlash) sifatida hisobga olinmaydi. Hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarzdorlik toʻlov muddati oʻtgan deb hisoblanadi va toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun “Isteʼmolchi”ga toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,4 foizi miqdorida penya hisoblab yoziladi. Bunda penyaning umumiy miqdori, muddati oʻtgan toʻlovning 50 foizidan oshmasligi lozim.
3.8. “Taʼminotchi” yetkazib berilgan elektr enegiya uchun qarzdor boʻlgan “Isteʼmolchi”ga qarzni besh ish kun ichida toʻlanishi haqida xabardor qilishni taʼminlaydi.
3.9. “Isteʼmolchi”ning ichki elektr tarmogʻida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar (yongʻin, avariya holatlari, inson oʻlimi bilan bogʻliq hodisalar va hokazolar) uchun “Taʼminotchi” javobgar hisoblanmaydi.
3.10. Toʻlov “Iste’molchi” tomonidan “Ta’minotchi”ning mazkur Shartnomada koʻrsatilgan hisob raqamiga amalga oshiriladi.
3.11. Toʻlov sanasi boʻlib, pul mablagʻlari “Ta’minotchi”ning hisob raqamiga oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. “Isteʼmolchi” quyidagi huquqlarga ega: Elektr energiyasi yetkazib berishning toʻxtalishi yoki toʻxtatib qoʻyilishi sabablari toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot olish; “Taʼminotchi” vakillari kelganda ular kelganligini qayd etish daftari(shnurlangan holda) tutilgan taqdirda unga kelgan vakil tomonidan belgilangan tartibda oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotlarni (F.I.O, buyruq raqami va sanasi, lavozimi, sana, kelgan vaqt, kelish sababi va boshqalar) yozma toʻldirib, imzo qo‘yishni talab qilish; “Isteʼmolchi” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
4.2. “Isteʼmolchi” quyidagilarga majbur: Shartnoma tomonlar oʻrtasida tegishlicha rasmiylashtirilgandan soʻng, “Iste’molchi” tomonidan tegishli g‘aznachilik bo‘linmasida oʻrnatilgan tartibda 5 (besh) ish kuni ichida ro‘yxatdan oʻtkazishni taʼminlash; “Taʼminotchi” tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash; “Iste’molchi” binosiga oʻrnatilgan elektr qurilmalar, asbob-uskunalarning soz holda saqlanishini taʼminlash hamda asbob-uskunalarining nosozligi toʻgʻrisida xabar qilish; Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari talablariga rioya etish; “Taʼminotchi” vakili tashrif buyurganda qonunbuzilish holati aniqlanganda yoki aniqlanmagan taqdirda belgilangan tartibda va shaklda dalolatnoma rasmiylashtirib, uni bir nusxasi taqdim etilishini talab qilish; “Iste’molchi”ning nomi, joylashgan joyi yoki bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda, “Ta’minotchi”ni 5 (besh) ish kunida qabul qiluvchi tomonidan bunday xabarni olganligini tasdiqlash uchun har qanday mavjud vositalar bilan yozma ravishda xabardor qilish; Isteʼmolchining aybi bilan Ta’minotchi tomonidan o‘rnatilgan elektr hisoblagich buzilgan taqdirda, uni o‘z mablag‘laridan almashtirish, ta’mirlash, davlat tomonidan tekshirish va o‘rnatishni amalga oshirish yoki yetkazilgan zararni to‘liq to‘lab berish; “Isteʼmolchi” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
4.3. Taʼminotchi quyidagi huquqlarga ega: “Taʼminotchi” tomonidan o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini “Isteʼmolchi”ning elektr qurilmalariga amaldagi texnik hujjatlar talablariga muvofiq oʻrnatilgan tartibda ulash; “Isteʼmolchi”lardan elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni tegishli darajada bajarishni talab etish; “Iste’molchi”dan Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mavjud ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rashga haqli; “Isteʼmolchi”lar tomonidan elektr taʼminoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida “Ta’minotchi”ga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplanishi talab etish; “Taʼminotchi” qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4.4. Taʼminotchi quyidagilarga majbur: “Isteʼmolchi”ga elektr energiyasini elektr tarmogʻi orqali elektr tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik boʻlinish chegarasigacha yetkazib berish; uskunalar, hisobga olish uskunalaridan foydalanish, ularga servis va texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, shuningdek oʻz elektr xoʻjaligi obyektlaridagi nosozliklarni bartaraf qilish; qurilmalarni taʼmirlash tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 (uch) kalendar kun oldin ogohlantirish; “Isteʼmolchi”ga oʻrnatilgan tartibda yetkazib berilgan energiya hisobini yuritish; “Isteʼmolchi”da oʻrnatilgan hisobga olish uskunalarini almashtirish va oʻrnatish, plombalashni taʼminlash; “Isteʼmolchi”ning sarflagan elektr energiyasi uchun qarzi vujudga kelganda qarzni besh kun muddatda toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilish; “Isteʼmolchi”ga kuzatish, oʻrganish yoki tekshirish uchun borganida qonun buzilish holati aniqlanishidan qatʼi nazar belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib bir nusxasini “Isteʼmolchi”ga taqdim etish; “Ta’minotchi”ning nomi, joylashgan joyi yoki bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda, “Iste’molchi”ni 5 (besh) ish kunida qabul qiluvchi tomonidan bunday xabarni olganligini tasdiqlash uchun har qanday mavjud vositalar bilan yozma ravishda xabardor qilish; “Taʼminotchi” qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Elektr taʼminoti shartnomasi boʻyicha taraflar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladi, shuningdek shartnoma shartlari bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollarda, “Taʼminotchi” buning natijasida yetkazilgan haqiqiy zararni talab qilishga, “Isteʼmolchi” esa yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashga majbur.
5.2. Kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi uskunalar “Ta’minotchi”ning mulki hisoblanadi va mulk “Iste’molchi” hududiga joylashtirilganligi bois, Shartnomaga muvofiq tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan uskunalarni but holda saqlash javobgarligi “Iste’molchi”ning zimmasiga yuklatiladi. “Iste’molchi”ning mas’uliyatsizligi natijasida “Ta’minotchi” mulkiga zarar yetsa, yetkazilgan zarar summasi va boy berilgan foyda “Iste’molchi” tomonidan “Ta’minotchi”ga to‘lab beriladi. Fors-major holatlar bundan mustasno. “Iste’molchi” tomonidan kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi uskunalar tarmoqdan uzib qo‘yilgan holatlar aniqlanganda, “Iste’molchi” “Ta’minotchi”ga yetkazilgan zararning, shuningdek boy berilgan foydaning to‘la qoplanishini ta’minlaydi.
5.3. Tomonlar ularning xohish va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib boʻlmaydigan va oldindan bilib boʻlmaydigan favqulodda holatlarni oʻz ichiga olgan yengib boʻlmas kuch (fors-major) oqibatida oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmagani uchun javob bermaydi.
5.4. Shartnoma shartlarini buzgan tomonga huquqlari buzilgan tomon da’vo xati yuborishi mumkin. Da’vo xatini ko‘rib chiqish muddati adresat tomonidan olingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kunini tashkil etadi. Bunday holda, javobgar da’vo olingan kundan boshlab 10 (o‘n) kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qarz va neustoykalarni to‘lab berishi yoki to‘lovni amalga oshirmaslikning asosli sabablarini ikkinchi tomonga yozma ravishda taqdim etishi lozim.
5.5. Mazkur shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda ular qonunchilikda belgilangan sud tartibida hal qilinadi.
VI. KORRUPSIYAGA QARSHI SHARTLASHUV
6.1. Ushbu shartnomaning har bir tomoni oʻziga nisbatan qoʻllaniladigan barcha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlaridagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishini kafolatlaydi.
VII. YAKUNIY SHARTLAR
7.1. Shartnoma taraflar tomonidan imzolangan va tegishli g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan kuchga kiradi. Shartnoma Shartnoma amal qiladigan sanagacha boʻlgan muddatga tuzildi.
7.2. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan va tomonlarning har birida saqlanayotgan ikki nusxada tuzilgan. Shartnomaning ilovalari va qo‘shimcha kelishuv bitimlari uning ajralmas qismi hisoblanadi.
7.3. Tomonlarning birini tashabbusi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish, ikkinchi tomonni bekor qilish muddatidan oʻttiz kun oldin yozma xabardor qilgan holda va tomonlar oʻzaro hisob-kitob qilishi sharti bilan bekor qilinishi mumkin. Bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma yozma ravishda yuboriladi.
7.4. Barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular faqat yozma ravishda amalga oshirilib, tomonlarning vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
7.5. Mazkur shartnoma talablarida nazarda tutilmagan tartib-qoidalar boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tartibga solinadi.
VIII. TOMONLARNING MANZILLARI VA BANK REKVIZITLARI
TAʼMINOTCHI KORXONA: Yuridik manzili: Ta’minotchi korxonaning yuridik manzili H/R: Ta’minotchi korxonaning hisob raqami Bank kodi Ta’minotchi korxonaning bank kodi STIR: Ta’minotchi korxonaning STIR raqami QQS kodi Ta’minotchi korxonaning QQS to‘lovchi kodi Ta’minotchi korxonada mijozlar bilan ishlash bo‘limining telefon raqami Ta’minotchi korxonaning texnik ishlar bo‘yicha telefon raqami
|
ISTEʼMOLCHI: Yuridik manzili: Iste’molchining yuridik manzili H/R: Iste’molchining hisob raqami Bank kodi Iste’molchining bank kodi STIR: Iste’molchining STIR raqami QQS kodi Iste’molchining QQS to‘lovchi kodi Iste’molchining telefon raqami Iste’molchining kadastr raqami
|