O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Brokerlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

BROKERLIK XIZMATLARI KRSATISH SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

Mijozning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Mijoz” deb yuritiladi) nomidan Mijozga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Mijozning rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Brokerning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Broker” deb yuritiladi) nomidan Brokerga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Brokerning rahbari lavozimi va F.I.Osiikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

SHARTNOMA PREDMETI

Mijoz topshiriq beradi, Broker esa, quyidagi majburiyatlarni zimmasiga oladi:

Topshiriq shartnomasi va ishonchnomaga asosan Topshiriq shartnomasi va ishonchnomaga asosan koʻrsatiladigan xizmatlar nomi

Vositachilik (komissiya) shartnomasi asosida Vositachilik (komissiya) shartnomasi asosida koʻrsatiladigan xizmatlar nomi

Mijozga tovarni sotish va sotib olish bilan bogʻliq maʼlumotlarni berish xizmatlarini koʻrsatish.

TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI

Broker birjada bitimlar tuzish huquqiga ega ekanligi kafolatlarini beradi.

Broker amaldagi qonunchilik hujjatlari va birja savdosi qoidalariga rioya qilgan holda Mijozning topshiriqlarini bajaradi. Broker birjaga qoʻyiladigan tovarlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar haqida Mijozga maʼlumot berishi shart.

Broker quyidagi turdagi bitimlar boʻyicha Mijozning topshiriqlarini bajaradi:

“Shart bilan” bitimi (bu holda Mijoz haqiqatda mavjud boʻlgan tovarni bir vaqtning oʻzida Mijoz uchun boshqa haqiqatda mavjud boʻlgan tovarni sotib olish sharti bilan sotishga topshiriq beradi. Bunday topshiriq olgan Broker uni bajarishdan bosh tortish huquqiga ega).

Agar Broker tovarni sotsa, lekin boshqa tovarni sotib olish boʻyicha topshiriqni bajarmasa, u “shart bilan” bitimi boʻyicha haq olish huquqidan mahrum boʻladi.

2.4.Taraflar haqiqatda mavjud boʻlgan tovarni sotish yuzasidan topshiriqlarni bajarishning quyidagi tartibini belgilaydilar:

2.4.1.Mijoz Brokerga oʻzi imzolagan topshiriq yoki vositachilik shartnomasini yuboradi va majburiyatni bajarishining kafolati hamda Mijoz nomidan bitim tuzish uchun zarur boʻlgan bitim tuzish huquqini beruvchi ishonchnomani beradi.

Shu paytdan boshlab, Mijoz Brokerning bitim tuzilganligi toʻgʻrisidagi hisobotini yoki tovarning savdodan olinganligi toʻgʻrisida xabarnomasini oladigan paytgacha ushbu tovar turkumini tasarruf etish huquqini yoʻqotadi.

2.5. Mijoz tovarni standartlar, texnik shartlar talablari, shuningdek birja savdosiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻz hisobidan oʻrashi va markirovkalashi lozim.

2.5.2.Taklifni olgan Broker zudlik bilan birjada Mijozning topshirigʻini bajarishga kirishishi lozim.

2.5.3.Topshiriqni bajargandan soʻng, Broker 3 kunlik muddatda tuzilgan bitim boʻyicha hisobotni, kontragentdan olingan hujjatlar va tuzilgan shartnomaning rasmiylashtirilgan nusxasini ilova qilgan holda taqdim etish majburiyatini oladi.

2.5.4.Brokerning hisobotini olgan Mijoz 3 kunlik muddat ichida:

bajarilgan topshiriq uchun Brokerning haqini toʻlashi;

birjada bitimni roʻyxatga olish qiymatini;

tuzilgan bitimdan kelib chiqadigan oʻzining barcha majburiyatlarini bajarishi majburiyatini oladi.

Tovarni yuklab joʻnatish muddati topshiriq yoki vositachilik shartnomasi va yetkazib berish shartnomasida belgilanadi.

2.5.5.Mijozning Broker taqdim etgan hisoboti yuzasidan eʼtirozlari boʻlgan taqdirda, u hisobotni qabul qilgan paytdan boshlab 10 kun ichida bu haqda Brokerga xabar qilishi lozim, aks holda hisobot Mijoz tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

Taklif chaqirib olingan taqdirda, Mijoz xabarnomani olgan paytdan boshlab 3 kun ichida Brokerga topshiriqni bajarish xarajatlarini qoplaydi.

2.5.7.Mijoz vositachilik yoki topshiriq shartnomasida Brokerga shartnomada nazarda tutilgan tovarning bir qismini sotish huquqini berishi mumkin.

2.6.Taraflar haqiqatda mavjud boʻlgan tovarni sotib olish yuzasidan topshiriqlarni bajarishning quyidagi tartibini belgilaydilar:

2.6.1.Mijoz Brokerga oʻzi imzolagan topshiriq yoki vositachilik shartnomasini yuboradi va oʻzining toʻlov qobiliyatiga ega ekanligi kafolatini hamda Mijoz nomidan bitim tuzish uchun zarur boʻlgan bitim tuzish huquqini beruvchi ishonchnomani beradi.

2.6.2.Taklifni olgan Broker zudlik bilan birjada Mijozning topshirigʻini bajarishga kirishishi lozim.

2.6.3.Mijozning Broker taqdim etgan hisoboti yuzasidan eʼtirozlari boʻlgan taqdirda, u hisobotni qabul qilgan paytdan boshlab 10 kun ichida bu haqda Brokerga xabar qilishi lozim, aks holda hisobot Mijoz tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

2.6.4.Broker oʻziga bogʻlik boʻlmagan sabablarga koʻra vositachilik yoki topshiriq shartnomasi muddati tugagunga qadar topshiriqni bajara olmasa, u bu haqda Mijozni 3 kunlik muddat ichida xabardor qiladi.

2.7.Mijoz vositachilik yoki topshiriq shartnomasida qoʻshimcha shart sifatida Brokerga shartnomada nazarda tutilganidan kamroq miqdorda tovarni sotish yoki sotib olish huquqini, shuningdek Mijozning ruxsatisiz mustaqil ravishda taklif etilayotgan bahoni kamaytirish huquqini berishi mumkin.

2.8.Ushbu shartnomaning 2.4-bandida belgilangan topshiriq turi Mijoz (Mijozning masʼul shaxsi) tomonidan tezkor tartibda telefon, telegraf, faks orqali oʻzgartirilishi mumkin va bu holda taraflar berilgan xabarlarni tegishli tartibda qayd qiladilar.

2.9.Ushbu shartnoma shartlarini oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

KAFOLATLAR

Agarda Mijoz tovarni sotib olish yuzasidan topshiriq berayotgan boʻlsa, u quyidagi shaklda boʻladigan tovar haqi toʻlanganligi kafolatini berishi shart:

Tovarning haki toʻlanganligi haqidagi bank kafolatining asl nusxasini taqdim etishi.

Topshiriqni berish sanasidan oldingi sanada Mijozning Hisob-kitob raqamida mab- lagʻlar mavjudligi haqidagi bank tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnomani taqdim etishi.

Agar Mijoz tovarning sotuvchisi sifatida ish koʻrayotgan boʻlsa, u quyidagi shaklda boʻladigan majburiyatni bajarish kafolatini berishi shart:

Birjaning manziliga tovarning joʻnatilganligini tasdiqlovchi transport hujjati yoki tasdiqlangan yuk xatini;

Yetkazib berish shartnomasini buzganlik natijasida yetkazilgan zararlardan tashqari undiriladigan tovarni yetkazib bermaganlik yoki toʻliq yetkazib bermaganlik uchun neustoykani.

Neustoyka miqdori topshiriq yoki vositachilik shartnomasining “Kafolatlar” bandida nazarda tutiladi va tovar qiymatining Ikkala tarafdan ham undirilishi mumkin boʻlgan penya miqdori foizidan oshmasligi lozim.

Kafolatlarning mavjudligi va turlari topshiriq yoki vositachilik shartnomasida aks ettirilgan bulishi shart.

Kafolatlar berilmagan yoki neustoyka miqdori haqida kelishuvga erishilmagan boʻlsa, Broker kunlik muddatda Mijozni yozma ravishda ogohlantirgan holda topshiriqni bajarishdan bosh tortishga haqli.

HISOB-KITOB SHARTLARI

Brokerga haq toʻlash miqdori u tuzgan bitim summasiga mutanosib tarzda foizlarda belgilanadi.

Haqiqatda mavjud tovar bilan bitim boʻyicha topshiriqni bajarganlik uchun Mijoz Brokerning xizmatlariga topshiriqning turiga qarab quyidagi miqdorlarda haq toʻlaydi (summa yozma ravishda koʻrsatilsin):

Jami tulanishi lozim bulgan summa sum.

TARAFLAR OʻRTASIDA ALOQANI AMALGA OSHIRISH TARTIBI.

Taraflar oʻrtasida aloqalar masʼul shaxslar orqali amalga oshiriladi.

Mijoz Broker bilan aloqada boʻlib turish uchun ikkita masʼul shaxsni tayinlaydi va bu shaxslar sodir etgan harakatlari uchun toʻliq javobgardirlar.

Broker Mijoz bilan bevosita oʻzi yoki Brokerning ishonchnomasiga ega boʻlgan hududiy vakili orqali aloqada boʻladi.

Aloqaning texnikaviy va boshqa shartlari mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan aloqa shartlarini kelishish bayonnomasida belgilanadi.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Taraflar birja savdosi qoidalari va boshqa, birja faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar talablariga rioya qilishlari lozim.

Broker Mijoz nomidan yoki Mijoz uchun tuzilgan bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun Mijoz oldida javob bermaydi.

Mijoz tuzilgan bitim boʻyicha oʻzining majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, Broker bu haqda birja savdosi ishtirokchilarini ommaviy tarzda xabardor qilishga hakli.

 

NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

 

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli holatlarda taraflar murojaat etadigan sud nomi_sudi tomonidan hal qilinadi.

 

 

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI OʻZGARTIRISHVA BEKOR QILISH ASOSLARI

Ushbu shartnoma taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha amal qiladi.

Shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish taraflarning yozma kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.

Taraflardan har biri ikkinchi tarafni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda shartnomani bekor qilishga haqli.

Mazkur shartnoma ikki nusxadan tuzilgan boʻlib, taraflarga bir nusxadan beriladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

MIJOZ:

Yuridik manzili: Mijozning yuridik manzili

H/R:Mijozning hisob raqami

Bank kodi Brokerning bank kodi

STIR:Mijozning STIR raqami

Mijoz bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

BROKER:

Yuridik manzili: Brokerning yuridik manzili

H/R Brokerning hisob raqami

Bank kodi Brokerning bank kodi

STIR:Brokerning STIR raqami

Brokerning telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Brokerlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi