TAYYORLOVCHI TOMONIDAN QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINIXARID QILISH TOʻGʻRISIDAGI KONTRAKTATSIYA SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Yetishtiruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Yetishtiruvchi” deb yuritiladi) nomidan Yetishtiruvchi shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Yetishtiruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi bir tomondan va Tayyorlovchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Tayyorlovchi” deb yuritiladi) nomidan Tayyorlovchi shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Tayyorlovchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
Yetishtiruvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Yetishtiruvchi tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlar nomi, soni, miqdori
Ushbu shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda, assortimentda va miqdorda quyidagi turdagi, navdagi va sifatdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va taraflar oʻrtasida kelishilgan bahoda sotish:
Amaldagi standartlar, texnik shartlar talablariga javob beradigan maxsulotni sotish;
Mahsulot topshirilishidan kamida 10 kun oldin uning tayyorligi toʻgʻrisida Tayyorlovchini xabardor qilish, ushbu shartnoma bilan belgilangan muddatlarda maxsulotni topshirish muddatlariga amal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, topshirish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin bu haqda Tayyorlovchini xabardor qilish;
Kelishilgan narxlar boʻyicha oʻgʻitlarga, kimyoviy moddalarga, qishloq xoʻjalik inventarlariga, yemishlarga, idishlarga va hokazolarga boʻlgan talabini aniqlash va buyurtma berish.
Tayyorlovchining majburiyatlari:
Qonunchilik bilan belgilangan miqdorda va muddatlarda avansni, davlat buyurtmasiga ega boʻlmagan boshqa turdagi mahsulotlar boʻyicha esa, taraflar kelishgan miqdorda va muddatlarda toʻlash;
Yigʻib olingan mahsulotlarni joylashtirish uchun Yetishtiruvchini idishlar bilan taʼminlash.
Yigʻib olingan mahsulotlarni qabul punktiga olib chiqish uchun avtotransport berish, yigʻib olingan mahsulot Yetishtiruvchining transporti bilan olib chiqilganda uning ortish va tashish xarajatlarini toʻlash;
Ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va muddatda Yetishtiruvchidan mahsulotning birinchi navbatda qabul qilinishini taʼminlash. Mahsulotni sifati va miqdori boʻyicha qabul qilishda amalga oshiriladi.
SHARTNOMA SUMMASI. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
Ushbu shartnoma summasi Shartnomaning summasi soʻmni tashkil etadi.
Tayyorlovchi topshirilayotgan mahsulot haqini mahsulot Tayyorlovchining qabul punktida miqdori va sifati boʻyicha qabul qilingan paytdan boshlab 3 kun ichida toʻlaydi.
Muddatidan oldin, shuningdek shartnomada belgilanganidan ortiq miqdorda topshirilayotgan mahsulotlar mazkur shartnoma shartlari asosida qabul qilinadi.
TARAFLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI
Barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda topshirishdan asossiz boʻyin tovlagan Yetishtiruvchi Tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot qiymatining Tayyorlovchiga topshirilmagan mahsulot uchun penya miqdori foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima miqdori oʻtgan davr (oy, chorak, yil) da mahsulotning shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib, xarid narxlariga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan hisoblab chiqiladi.
Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini shartnomada belgilangan assortiment va turlarda, muddatlarda bevosita xoʻjalikning oʻzida qabul qilib olish rad etilgan har bir hol uchun Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga belgilangan ustamalar toʻlashni hisobga olmasdan shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib, jarima toʻlaydi, tez buziluvchi mahsulot boʻyicha esa, uning toʻliq qiymatini toʻlaydi. Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli Yetishtiruvchi koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.
Qabul qilish-topshirish joyiga yetkazib keltirilgan mahsulotni qabul qilish asossiz rad etilganda Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga uni yetkazib kelish xarajatlarini qoplaydi.
Yetishtiruvchi mahsulotni oʻz joyida topshirish-qabul qilishga tayyorlab qoʻymagan va bu haqda Tayyorlovchini ogohlantirmagan boʻlsa, Tayyorlovchi esa, qabul qilish joyiga transport yuborgan boʻlsa, Yetishtiruvchi Tayyorlovchiga transport va transportning bekor turib qolishi boʻyicha barcha xarajatlarni qoplaydi.
Mahsulot sifati, miqdorini notoʻgʻri aniqlash, qabul qilingan qishloq xoʻjalik mahsulotiga notoʻgʻri haq toʻlash hollari aniqlansa, Tayyorlovchi Yetishtiruvchiga jarima toʻlaydi. Bu jarima agar Yetishtiruvchi jun va moʻynani topshirish-qabul qilish natijalari boʻyicha keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan Yetishtiruvchining dastlabki bahosida yuklab joʻnatsa toʻlanmaydi.
Shartnomada kelishilgandan pastroq sifatli mahsulotni sotganligi uchun Yetishtiruvchi javobgardir, past sifatli mahsulotni topshirish Yetishtiruvchiga ruxsat etilgan shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3.4.Ushbu shartnomaga muvofiq topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun haq toʻlashdan asossiz bosh tortilganda (Yetishtiruvchiga tegishli summalarni, belgilangan ustamalarni ham qoʻshib oʻz vaqtida hisoblab oʻtkazmaganlik, hisob-kitoblarning aksept shaklida esa, toʻlov talabnomasi akseptini asossiz toʻliq yoki qisman rad etganda).
3.5.Tayyorlovchi yoki Yetishtiruvchi tomonidan mahsulot uchun hisob-kitoblarda (ayni bir mahsulotga takror haq toʻlaganda, mahsulot narxi notoʻgʻri qoʻllanilganda, tovarsiz toʻlov talabnomasiga haq toʻlanganda va shu kabilarda) ortiqcha olingan pul summalari qaytarilmagan holda aybdor taraf bu summani qaytaradi va boshqa tarafga bu pul foydalanilgan barcha davr uchun yiliga 25% daromad toʻlaydi.
3.6.Yetishtiruvchiga taraflar oʻrtasida kelishilgan jadvalga muvofiq mahsulot uchun kelgan transportning belgilangan muddatdan ortiq (asosiy va qoʻshimcha vaqt meʼyorlaridan ortiqcha bekor turish) bekor turib qolganligi uchun Yetishtiruvchi Tayyorlovchi oldida amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Tayyorlovchi mahsulotni yetkazib kelgan transportni tortish, mahsulot sifatini aniqlash, topshirish-qabul qilish hujjatlarini rasmiylashtirish, mahsulotni tushirish va qabul qilish uchun belgilangan vaqt meʼyoridan ortiq bekor turib qolganligi uchun Yetishtiruvchi oldida xuddi shunday javobgar boʻladi.
3.7.Yetishtiruvchi ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi uchun javobgarlikdan, agar ular tabiiy ofatlar va boshqa noqulay sharoitlar tufayli yoki Tayyorlovchining aybi bilan sodir boʻlgan boʻlsa, tegishli asoslashlar va tegishli vakolatli organning xulosasi boʻlgan taqdirda ozod etiladi.
3.8.Jarimani toʻlash taraflarni shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi
QOʻSHIMCHA SHARTLAR
Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik talablariga zid kelmagan holdagina haqiqiy hisoblanadi. Ular yozma shaklda tuzilgan, ikkala taraf tomonidan imzolangan va vakolatli davlat organida tasdiqlangan boʻlishi shart.
Xarid qilinayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining miqdorini aniqlash va sifatiga baho berish yuzasidan taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizoli masalalar vakolatli davlat organi tomonidan hal etiladi.
Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.
Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.
Shartnoma bir yilga bir marta taraflar kelishgan miqdordagi va assortimentdagi mahsulotga tuziladi va imzolangan paytdan boshlab Shartnomaning amal qilish muddatigacha amal qiladi.
Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Yetishtiruvchida, ikkinchisi Tayyorlovchida va uchinchisi tuman Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasida saqlanadi.
Shartnomada ikkala tarafning kelishuviga koʻra majburiyatlarni bajarmaganlik yoki tegishlicha bajarmaganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqacha sanksiyalar nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal etiladi.
Taraflar oʻz rekvizitlari oʻzgargan taqdirda, bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilish majburiyatini oladilar.
TARAFLARNING REKVIZITLARI:
YETISHTIRUVCHI: Yuridik manzili: Yetishtiruvchining yuridik manzili H/R: Yetishtiruvchining hisob raqami Bank kodi Yetishtiruvchining bank kodi STIR: Yetishtiruvchining STIR raqami Yetishtiruvchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami |
TAYYORLOVCHI: Yuridik manzili: Tayyorlovchining yuridik manzili H/R Tayyorlovchining hisob raqami Bank kodi Tayyorlovchining bank kodi STIR: Tayyorlovchining STIR raqami Tayyorlovchining telefon raqami |
Muhr oʻrni Muhr oʻrni